"Qiyosiy tipologiya" fani talabalarning til nazariyasi va uning jihatlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga xizmat qiladigan mutaxassislikdir. Ushbu fan bakalavriatda o‘qitiladi va tilshunoslikning nazariy fanlari qiyosiy analitik asoslarini o‘z ichiga oladi va taqqoslanadigan tillarning farqlari va o‘xshashliklarini aks ettiruvchi ko‘nikmalarni qo‘llashda muhim rol o‘ynaydi. Qiyosiy lingvistika sohasida olingan bilimlar o‘quv jarayonida tilning amaliy ko‘nikmalarini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.