Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi fani amaliy fan bo‘lib uning asosiy maqsadi til ko‘nikmalarini integrallashgan holda o‘qitish uslublarining afzalliklari haqida ma'lumot berish, talabalarni kelgusi kasbiy faoliyatlarida darsni shu usulda tashkil etishga yo‘naltirish va ularga auditoriyada o‘rgatilayotgan chet tilidan asosiy aloqa vositasi sifatida samarali foydalanish, kasbiy ixtisoslashuvini rivojlantirishdir. 4 kursda talabalarga ushbu aspektning “Auditoriyani o‘rganish (tadqiq etish)”, “Til bo‘yicha bilimlarni baholash turlari va mezonlari”, “Turli yoshdagilarga chet tilini o‘qitish”, “Maxsus yo‘nalish (soha)larda chet tilini o‘qitish” modullari o‘qitiladi.